Jahon, Siyosat

Kurskdagi janglarda yuzlab shimoliy koreyaliklar oʻlgan

Kurskdagi janglarda yuzlab shimoliy koreyaliklar oʻlgan

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa asirga olingan ikki Shimoliy Koreya askarining suratlarini eʼlon qildi. 

Janubiy Koreya razvedkasi Rossiyaning Kursk viloyatidagi janglarda Shimoliy Koreya harbiy kontingentidan 300 kishi halok boʻlganini maʼlum qildi.

Yonhap agentligining xabar berishicha, KXDR harbiylarining Kursk viloyatidagi umumiy yoʻqotishlari Koreya Respublikasi Milliy razvedka xizmati maʼlumotlariga koʻra, taxminan 3000 kishini tashkil etadi: 300 kishi halok boʻlgan va 2700 kishi yaralangan.

Dekabr oyida Janubiy Koreya razvedkasi oʻsha paytda Kursk viloyatidagi Shimoliy Koreya kontingentining yoʻqotishlari 100 kishi halok boʻlgan va mingga yaqin kishi yaralanganini daʼvo qilgan edi.

Shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy asirga olingan ikki Shimoliy Koreya askarining suratlarini eʼlon qildi.

Bundan oldin, oʻtgan haftada Zelenskiy Shimoliy Koreyaning Ukraina Qurolli Kuchlari bilan janglarda umumiy yoʻqotishlari taxminan toʻrt ming kishini tashkil etganini aytdi.

Moskva va Pxenyan yoʻqotishlar statistikasini oshkor etmaydi; OAV Janubiy Koreya razvedkasi va Zelenskiyning daʼvolarini tekshirish imkoniga ega emas.