Jahon, Jamiyat

Kosmik faoliyat munosabatlar ham endi tartibga solinadi

Kosmik faoliyat munosabatlar ham endi tartibga solinadi

Vazirlar Mahkamasi sohada yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi. 

“Kosmik faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-1017-son, 13.01.2025 y.) qabul qilindi.

Qonun kosmik faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Kosmik faoliyatni amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri Oʻzbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlashga koʻmaklashish hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasi kosmik faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi kosmik faoliyat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Mudofaa vazirligi mamlakat mudofaasi va xavfsizligi manfaatlarini koʻzlagan holda, kosmik faoliyat imkoniyatlaridan foydalanadi, shuningdek harbiy kosmik texnologiyalarni yaratish boʻyicha ishlarni tashkil etadi.

Quyidagilar kosmik tizimlarning turlari jumlasiga kiradi:

-Yerni masofadan zondlash;

-kosmik monitoring;

-davlat kosmik monitoringi;

-kosmik aloqa tizimi;

-yuqori aniqlikdagi sunʼiy yoʻldosh navigatsiya tizimi;

-kosmik tizimlarning ilmiy, iqtisodiy, ekologiyaga, axborotga va tijoratga oid maqsadlarda, shuningdek Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq yaratilgan boshqa turlari.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.