Jahon, Jamiyat

Mirziyoyev «Manchester Siti» xo‘jayini bilan uchrashdi

Mirziyoyev «Manchester Siti» xo‘jayini bilan uchrashdi

Ushbu klub yaqinda Abduqodir Husanovni 40 mln yevroga sotib olgan edi.

Shavkat Mirziyoyev bugun Abu-Dabi shahriga tashrifi doirasida Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shayx Mansur Angliyaning «Manchester Siti» jamoasi xo‘jayinlaridan biri bo‘ladi. Klub yaqinda Abduqodir Husanovni 40 mln yevroga sotib olgandi.

Uchrashuvda ko‘p qirrali hamkorlik va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Uy-joy va transport infratuzilmasi, energetika, tog‘-kon sanoati, shaharsozlik, raqamlashtirish va boshqa sohalarni rivojlantirish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Sun’iy intellekt borasida, shu jumladan soha mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbolli yo‘nalish sifatida belgilandi.