DXX Chegara qo‘shinlari harbiy qismi va Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Bo‘stonliq tumani bo‘limi bilan hamkorlikda Bo‘stonliq tumani Kichiksoy MFY hududida qonun talablarini buzgan holda chegara oldi hududlarida noqonuniy ov qilib yurgan 3 nafar fuqarolarni qo‘lga olgan.
Huquqbuzarlar Bo‘stonliq tumani Ko‘ktunli mahallasida yashovchi fuqarolar ekanligi aniqlangan. Holat o‘rganilganda ularning yonidan 2 dona ov quroli va ovlangan 1 dona yovvoyi cho‘chqaga tegishli bo‘lgan go‘sht bo‘laklari topildi. Holat bo‘yicha tabiatga 11 million so‘mdan ziyod zarar yetkazilgan.
Ushbu holatga qonuniy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Bo‘stonliq tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudiga taqdim etilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!