Joriy yilning 10-yanvar kuni Buyuk Britaniyadagi mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari uchun ochilgan roʻyxatdan oʻtish natijalari Hops Labour Solutions (HOPS) tomonidan bir yoqlama bekor qilindi. Bunga nima sabab boʻlgani aniqlanmagan.
“Ushbu qaror Hops Labour Solutions tomonidan qabul qilingan va Migratsiya agentligida uni oʻzgartirish vakolati yoʻq”, deyiladi xabarda.
Agentlik masala yuzasidan savol va eʼtirozlar boʻlsa, HOPSning hello@hopsls.com, complaints@hopsls.com elektron pochtasiga rus va ingliz tillarida murojaat qilish mumkinligini maʼlum qildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!