«Kreml fuqarolardan Ukrainaga qarshi urushni va “an’anaviy rus qadriyatlari” deb ataluvchi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashni ikki baravar kuch bilan talab qila boshladi. Shuningdek, har qanday bo‘ysunmaslik holatlarini jazolashni yanada osonlashtiradigan yangi repressiv qonunlar qabul qildi», — deya ta’kidladi Human Rights Watch’ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Hyu Uilyamson.
HRW hisobotiga ko‘ra, inson huquqlarini himoya qiluvchi “Memorial” tashkiloti tomonidan tuzilgan hozirgi paytda 804 kishini o‘z ichiga olgan “Rossiya siyosiy mahkumlari” ro‘yxati hali tobora kengaymoqda. Shuningdek, Rossiya hukumati “xorijiy agent” deb e’lon qilingan shaxslar va tuzilmalarni ta’qib qilish bo‘yicha choralarni kuchaytirmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!