Jahon, Jamiyat

Voyaga yetmaganlar ishtirokida “Umra” reklamasi bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Voyaga yetmaganlar ishtirokida “Umra” reklamasi bo‘yicha tekshiruv boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Mango Travel turoperatori tomonidan voyaga yetmagan shaxslar ishtirokida “Umra” xizmatlarining reklama qilinishi keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi quyidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Qonunchilik talablariga zid holat

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktyabrdagi 668-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyatini lisenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat ko‘rsatish taqiqlangan.

Reklama qonunlari buzilishi ehtimoli

Shuningdek, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasida voyaga yetmaganlarning reklamada ishtirokidan foydalanish holatlari aniq tartibga solingan va bunday holatlarda javobgarlik belgilangan.

Qo‘mita tomonidan ushbu holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Ish natijalari va tegishli choralar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinishi bildirilmoqda.