Afg‘oniston Islom Amirligi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Shir Muhammad Abbos Stanekzay ayollar va qizlarning ta’lim olishiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashga chaqirdi. Bu haqda Tolo yangiliklar portali xabar berdi .
Uning fikricha, davlat oliy rahbari buyrug‘i bilan kiritilgan taqiq shariat me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydi.
“Bugun biz qirq millionlik mamlakatning 20 millioniga nisbatan adolatsizlik qilyapmiz. Qiyomat kuni yig‘ilganimizda buning uchun javob bermaymizmi?” – dedi u.
Siyosatchining tushuntirishicha, rasmiylar ularni barcha huquqlaridan mahrum qilgan, shuningdek, ularga universitetlar, maktablar va madrasalar eshiklarini yopishgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!