Uchrashuvda O‘zbekistonda “Five Petroleum” brendi ostida yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini yaratish loyihasi muhokama qilindi. Bu tashabbus mamlakat yoqilg‘i-energetika bozorini rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan.
Muzokaralarda mahsulot va xizmatlarning yuqori sifatiga erishish maqsadida zamonaviy texnologiyalar vaxalqaro standartlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Malayziya kompaniyasining mamlakat hududlarida transport-logistika infratuzilmasini tashkil etish borasidagi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash hamda respublika yoqilg‘i-energetika sektori uchunstrategik ahamiyatga ega bo‘lgan qator loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.
Jamiyat axborot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu tashabbus nafaqat iqtisodiy rivojlanish, balki xizmatlar sifatini yaxshilashda ham muhim ahamiyatga ega.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!