Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Oʻzbekiston “Jump Rope” (Arqonda sakrash) federatsiyasi tashkil etilganligi toʻgʻrisida konferensiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Xabarga koʻra, anjumanda federatsiyasi raisi etib Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy masalalari boʻyicha oʻrinbosari Durdona Raximova Shukurullayevna saylangan.
Shuningdek, federatsiya birinchi vitse-prezidentligiga Xayrullayev Xasan Xayrullayevich nomzodi maʼqullangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!