Moskvaning Basmanniy tuman sudi Estoniyaning Narva muzeyi direktori Mariya Smorjevskix-Smirnovani sirtdan hibsga oldi. Bu haqda “Mediazona” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Smorjevskix-Smirnovaga nisbatan siyosiy sabablarga ko‘ra Rossiya harbiylari haqidagi “soxta ma’lumotlarni tarqatish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
“Ayblovning mohiyati haqida hozirgacha hech narsa ma’lum emas”, deyiladi xabarda.
Smorjevskix-Smirnova 2024-yilning yozidan buyon Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berilgan.
Narva muzeyi Estoniyaning Rossiya bilan chegaradosh Narva shahridagi o‘rta asr qal’asida joylashgan. So‘nggi ikki yil davomida, 9-may kuni uning devoriga qon dog‘lari bo‘lgan “Putin – urush jinoyatchisi” banneri osib qo‘yilgan edi. U Rossiya tomonidan Ivangorodda daryoning narigi tomonida ko‘rinib turardi. Rossiya chegarachilari plakatni olib tashlashni talab qilgan, biroq Estoniya hukumati buni rad etgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!