Ilm-fan, Jamiyat, Yangiliklar

Oʻzbekistonda zamonaviy kasblarni oʻrgatadigan yangi universitet tashkil etiladi

Oʻzbekistonda zamonaviy kasblarni oʻrgatadigan yangi universitet tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Cyber university” davlat universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-14-son qarori qabul qilindi.

Unga koʻra, Oʻzbekistonda yangi zamonaviy oliy oʻquv yurti ish boshlaydi.

Universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda:

▪️ axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sunʼiy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlash;

▪️ raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

▪️ oʻquv jarayonini ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy taʼlim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-taʼlim muhitining rivojlanishiga koʻmaklashish;

▪️ yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qoʻshimcha shart- sharoitlar yaratish, davlat organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlarni kadrlar bilan taʼminlashda saralash va qamrovni kengaytirish;

▪️ oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va isteʼmolchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish;

▪️ tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv- metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish.