Yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Shayxontohur tumanida joylashgan “Toshkent siti” hududidagi koʻp qavatli uyda yongʻin sodir boʻldi.
23-yanvar kuni soat Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Botir Zokirov koʻchasi, «Toshkent siti» hududida joylashgan, 9 qavatli uyning tom qismi yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat yetib borib, hodisa bartaraf etilgan, deyiladi FVB xabarida.
Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!