Jahon, Jamiyat

“Euronews” rahbari bilan Sherzod Asadov uchrashdi

“Euronews” rahbari bilan Sherzod Asadov uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov “Euronews” media xoldingi rahbari Pedro Vargas David bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

“Toshkentda “Euronews” media xoldingi rahbari Pedro Vargas David bilan yana bir bor uchrashib, hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan mazmunli fikr almashdik.

Mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili” maqsadlarini amalga oshirish doirasida “Euronews” bilan o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishdan manfaatdormiz” – deyiladi xabarda.