Yong’inda bolakay qolib ketdi
Bugungi kunda yongʻin xavfsizligi har bir mamlakat uchun dolzarb va strategik ahamiyatga ega masalalardan biri boʻlib qolmoqda.
Qaysi davlat eng yuqori koʻrsatkichga ega?
“World Health Rankings” maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda har 100 000 kishi hisobida 1.70 darajada yongʻinlar sababli fuqarolar vafot etgani qayd etilgan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida yongʻinlardan vafot etish boʻyicha Tojikiston (3.37) eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlib, Qirgʻiziston esa (1.15) eng past darajada qayd etilgan.
Yongʻinlar nima sabablardan kelib chiqmoqda?
Yongʻinlarning kelib chiqishiga qishloq hududlarda xavfsizlik choralarining yetarli emasligi, elektr tarmoqlarining eskirganligi va xabardorlikning past darajada ekanligi asosiy sabab sifatida koʻrsatilmoqda.
Mazkur koʻrsatkichlar Markaziy Osiyo davlatlarida yongʻin xavfsizligi sohasini yanada takomillashtirish hamda qoʻshimcha choralar koʻrish kerakligiga ishora qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!