Mablagʻlar «Kambagʻallikdan farovonlik sari» dasturiga yoʻnaltirilishi aytilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimovning oʻrinbosarlari hamda shahar va tumanlar hokimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida qabul qilingan 2025-yil 20-yanvardagi 12-8-0-F/25-sonli farmoyishi yuzasidan turli munosabatlar eʼlon qilindi.
Ragʻbatlantirish miqdori 661 mmln soʻmni tashkil etadi.
Hokimlik xabariga koʻra, mazkur farmoyish qayta koʻrib chiqilib, bekor qilingan.
Mablagʻlar «Kambagʻallikdan farovonlik sari» dasturiga yoʻnaltirilishi belgilanmoqda.
Lekin farmoyish bekor qilinganini tasdiqlaydigan rasmiy hujjat hali eʼlon qilinmagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!