Milliy Assambleya raisi Kavae Yegiye Jibrilem ma’lumotni tasdiqladi. U prezident Uzoq Shimol hududidan nomzod bo‘lishini bildirdi.
Kamerun prezidenti 1982-yildan beri hokimiyat tepasida bo‘lib, bu uni dunyodagi eng uzoq vaqt hukmronlik qilgan rahbarlardan biriga aylantiradi. Agar u qayta saylansa, 2032-yilgi navbatdagi saylovlar paytida 99 yoshga to‘ladi. 2022-yilda Britaniya qirolichasi Yelizaveta II vafotidan keyin Biya dunyodagi eng keksa davlat rahbariga aylandi.
Pol Biya Kamerunda ko‘ppartiyaviylik demokratiyasini yo‘lga qo‘ygani va mamlakatning G‘arb davlatlari bilan aloqalarini chuqurlashtirgani uchun munosib e’tirofga sazovor bo‘ldi. Biroq yetti yillik fuqarolar urushi Kamerunning iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
O‘z navbatida, bugun (26-yanvar kuni) Belarusda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Unda besh nafar nomzod, jumladan, 1994-yildan buyon mamlakatni boshqarib kelayotgan 70 yoshli amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko qatnashmoqda.