2024-yilning yanvar-dekabr oylarida Toshkent metropolitenida jami 270,3 mln nafar yo‘lovchi tashilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 98,3 mln nafar yo‘lovchiga yoki 57,2 foizga o‘sgan. Bu haqda statistika agentligi ma’lumot bermoqda.
Demak, ko‘rsatkichlar yillar kesimida quyidagicha:
2020-yil – 38,8 mln nafar;
2021-yil – 101,8 mln nafar;
2022-yil – 136,7 mln nafar;
2023-yil – 172 mln nafar;
2024-yil – 270,3 mln nafar.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!