Qabulxonalariga qariyb 1,2 million murojaat kelib tushdi. Bu 2023-yilga nisbatan 64,1 mingtaga kamaygan.
Ayniqsa, murojaatlar Namanganda 24, Toshkent viloyatida 21, Fargʻonada 11 va Toshkent shahrida 7 foizga kamaygan.
2024-yilda koʻrib chiqilgan 1 million 120 mingdan ziyod murojaatning qariyb 938 mingtasi yoki 83,7 foizi qanoatlantirilgan.
Bu esa 566,6 mingdan ortiq murojaatchilar roziligiga erishildi, deganidir.
Sohalar kesimida olinsa, gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi va koʻmir taʼminoti, uy-joy kommunal xoʻjaligi, ijro ishi, aliment va qarz undirish, tibbiy-ijtimoiy xizmat koʻrsatish, sogʻliqni saqlash, telekommunikatsiya xizmatlari sifati, sugʻurta faoliyati kabi yoʻnalishlar boʻyicha 60-80 foiz muammolar hal qilib berildi.
Oʻtgan yilda Prezident Xalq qabulxonalari tashkil etgan ana shunday jonli va ochiq muloqotlarda 405,7 mingdan ziyod murojaatlar koʻrib chiqilib, 81,3 foizi hal etildi. Yaʼni bu bilan 330 mingdan ziyod murojaat boʻyicha fuqarolar roziligiga erishildi.
Murojaatga yoʻllangan javob fuqaro ishtirokida oʻrganilsa, ariza-shikoyatga samarali yechim topiladi. Shuning uchun ham Xalq qabulxonalari 20 mingdan ziyod murojaat boʻyicha qabul qilingan qariyb 28 ming qarorni joyiga chiqib oʻrgandi. Deputatlar bilan hamkorlikda 6 mingga yaqin murojaat koʻrib chiqilib, shundan 3,5 mingdan ziyodi ijobiy hal etildi. Sektorlar faoliyati boʻyicha 4,4 mingga yaqin monitoring, davlat idoralarida murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan qariyb 4,6 mingta oʻrganish oʻtkazildi.
Murojaatlar asosida xuddi shunday oʻrganishlar boʻyicha xalq deputatlari Kengashlariga 2,4 mingdan ziyod axborot kiritilib, ular asosida qariyb 3,5 ming nafar davlat idoralari va sektor rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Muammolarni hal qilish borasida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan 4 ming 721 taqdimnoma, 5 mingdan ziyod taklif va 9 ming 119 koʻrsatma kiritildi.
Bularning natijasida aholi murojaatlari bilan talablar darajasida ishlamagani uchun davlat idoralari masʼul xodimlarining 3 ming 826 nafari javobgarlikka tortildi.
Xususan, ularning 369 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 779 nafari maʼmuriy, 269 nafari oylik ish haqidan jarimaga tortildi, 2 ming 409 nafariga hayfsan eʼlon qilindi. Bundan tashqari, Xalq qabulxonalari tashabbusi bilan prokuratura va adliya organlari murojaatlar bilan ishlashga oid qonunbuzilishi holatlari boʻyicha rasmiylashtirgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomalar asosida yana 347 nafar masʼul xodim jarimaga tortildi. Shuningdek, 6,1 mingdan ziyod masʼul xodim rasman ogohlantirildi.
Prezident Xalq qabulxonalari 2024-yilda murojaatlar tahlili asosida oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash orqali yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha yangi besh bosqichli “Murojaatdan daromadga” loyihasini amalga oshirdi. Asosan moddiy yordam masalasida koʻp arz qilgan fuqarolarning oilaviy ahvolidan to qaysi yoʻnalishda ishni eplab ketishiga qadar individual oʻrganish, murojaatchilarni daromad topishga tayyorlash, kasb-hunarga oʻqitish, ish anjomlari olib bergan holda kuchli malaka va katta tajribaga, oʻz bozoriga ega tadbirkorlarga biriktirish boʻyicha kompleks ish olib borilgan bu loyiha bilan qariyb 2,5 ming murojaatchini daromadga olib chiqish boʻyicha ish olib borildi.
“Murojaatdan daromadga” loyihasi Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlaridagi 400 dan ziyod mahallada amalga oshirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!