Parkent tumanida joylashgan “Yangi Sanganak” mahallasi bog‘dorchilik va dehqonchilik yo‘nalishiga ixtisoslashgan. Mahallada 298 ta xonadon va 428 ta oila mavjud bo‘lib, barcha xonadonlar tomorqa yerlariga ega. Shuningdek, 59 nafar fuqaroga dehqonchilik qilish uchun uzoq muddatga yer ajratilgan, 6 ta xonadonda issiqxona tashkil etilgan, 200 dan ortiq xonadon chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik bilan shug‘ullanmoqda.
Toshkent viloyati hokimi tegishli rahbarlar ishtirokida mahallaga tashrif buyurdi. Aholi bilan uchrashib, ularning murojaatini tingladi. Qishloq aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, qishloqda kinoteatr tashkil etish, nuroniylar bilan uchrashuvlar, oilaviy sharoiti og‘ir 5 ta oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchrashuv rejasiga kiritildi.
Mahallada 45 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs bor, “Ayollar daftari”ga 36 nafar, “Yoshlar daftari”ga esa 7 nafar yosh kiritilgan. 2024-yil davomida 179 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan, 179 nafar fuqaro esa rasmiy ishga joylashtirilgan. Hozirda 502 nafar fuqaro korxona va tashkilotlarda ishlamoqda, norasmiy sektorda esa 69 kishi band. Mahallada ishsizlar soni 14 nafarni tashkil etadi.
“Yangi Sanganak”da aholi uchun ijtimoiy xizmatlar ham kengaytirilmoqda. Qishloqda 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ta umumta’lim maktabi va 1 ta oilaviy shifokorlik poliklinikasi faoliyat yuritadi. Shuningdek, 2 ta umumiy ovqatlanish oshxonasi, 5 ta savdo do‘koni, sartaroshxonalar va 6 ish o‘rinli tikuvchilik sexi aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
O‘tgan yili 600 million so‘m kredit ajratilgan bo‘lib, 16 nafar fuqaro o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Shu bilan birga, 6 ta xonadon tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.
«Yangi Sanganak» mahallasida aholi farovonligini oshirish va tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!