Jahon

Interpol bolalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik guruh a’zosini hibsga oldi

Interpol bolalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik guruh a’zosini hibsga oldi

Interpol xalqaro miqyosda inson savdosiga qarshi olib borilgan maxsus operatsiya davomida 35 yoshli Isroil fuqarosi Yoel Alterni qo‘lga oldi.

U dunyodagi eng yirik bolalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlardan biri – «Lev Tahor» guruhi a’zosi sifatida ayblanmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu jinoiy tashkilot yillar davomida bolalarni o‘g‘irlab, ularni zo‘ravonlik va ekspluatatsiyaga duchor qilib kelgan. Rasmiy manbalarga ko‘ra, ushbu amaliyot natijasida 160 dan ortiq bolalar qutqarilgan.

«Lev Tahor» – radikal diniy sekta sifatida tanilgan va uzoq yillar davomida turli davlatlarning huquq-tartibot organlari tomonidan kuzatuv ostida bo‘lgan.

Ushbu guruh a’zolari bolalarga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilayotgani, shuningdek, ularni noqonuniy ravishda boshqa mamlakatlarga olib o‘tib, turli maqsadlarda sotgani haqidagi gumonlar tasdiqlandi.

Shu kunga qadar xalqaro media va siyosiy arenada mazkur voqea haqida sukut qilinmoqda. Taxminlarga ko‘ra, bu tergov maxfiyligi va xalqaro taftish jarayoni hali yakunlanmagani hamda jinoiy tashkilot a’zolarining siyosiy yoki iqtisodiy nufuzga ega ekani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.