Tomonlar bu o‘zgarishni fuqarolar harakatini soddalashtirish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va migratsiya siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
ID kartalardan foydalanish O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolariga chet el pasportini olmasdan turib chegarani kesib o‘tish imkonini beradi. Bu esa sayohat qilish qulayligini oshiradi va mamlakatlar o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlaydi, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, mazkur qarorning qabul qilinishi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki mamlakat chegarasini ID karta orqali kesib o‘tishlari mumkin.