Jamiyat

Soliq qo‘mitasi eng yomon tashkilot deb topildi

Soliq qo‘mitasi eng yomon tashkilot deb topildi

Biznes-ombudsman davlat organlari va tashkilotlarining tadbirkorlik sub’yektlaridagi davlat nazoratiga oid faoliyatini baholadi.

Qayd etilishicha, eng yaxshi ko‘rsatkichni Hisob palatasi (95 ball) deb belgilangan. Undan keyingi o‘rinlarda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (90 ball) va Fuqaro aviatsiyasi agentligi (90 ball). Umuman olganda, 10 ta regulyatorning faoliyati “yaxshi” deb topilgan.

Shuningdek, yana 7 ta davlat tashkilotining harakati “qoniqarli” deya baholangan. Ushbu toifaga kirgan davlat tashkilotlari orasida, xususan, Markaziy bank, Bojxona qo‘mitasi va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bor.

Tadbirkorlik sohasidagi tekshiruvlarning samaradorligi bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkichni Soliq qo‘mitasi (-45 ball), O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (-40 ball) hamda Qurilish inspeksiyasi (– 35 ball) qayd etgan. Ularning faoliyati manfiy darajada baholangan.

Yana 9 ta vazirlikning (Maktab, Kambag‘allikni qisqartirish, Oliy ta’lim, Sog‘liqni saqlash, Adliya, Ichki ishlar, Qishloq xo‘jaligi, Favqulodda vaziyatlar, Ekologiya) ish faoliyati ham “qoniqarsiz” deb topilgan.