Jahon

Oq uy USAID xarajatlari bo‘yicha hisobotni eʼlon qildi

Oq uy USAID xarajatlari bo‘yicha hisobotni eʼlon qildi

Oq uy Amerika Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan mablag‘lar qayerga va qanday maqsadlarda sarflangani haqida hisobot eʼlon qildi.

Ilon Mask avvalroq USAIDni biologik qurol ishlab chiqish va COVID-19 ni yaratishda ayblagan edi. Yangi maʼmuriyat esa agentlikning o‘nlab yillar davomida shaffof hisobot bermasdan shubhali loyihalarga katta mablag‘ sarflaganini taʼkidladi.

Hisobotda ko‘rsatilishicha, Afg‘onistonda sug‘orish kanallarini qurish va geroin ishlab chiqarishda ishlatiladigan o‘g‘itlarni sotib olish uchun mablag‘ ajratilgan.

Terrorizm bilan bog‘liq notijorat tashkilotga yuz minglab dollar yuborilgan, shuningdek, Al-Qoida jangarilari uchun oziq-ovqat taʼminlanishiga mablag‘ ajratilgan.

Kolumbiyada «transgender operasi» uchun 47 000 dollar ajratilgan.

Peruda «transgender komikslari» loyihasi uchun 32 000 dollar sarflangan.

Irlandiyada LGBT targ‘ibotiga qaratilgan musiqiy filmga 70 000 dollar xayriya qilingan.

Yangi maʼmuriyat USAID mablag‘larining bunday yo‘nalishlarga sarflanganini «so‘roq ostidagi va noqonuniy xarajatlar» deb baholamoqda

USAID hali rasmiy izoh bermagan.