Jahon

AQSH xalqaro tashkilotlar tarkibidan chiqdi

AQSH xalqaro tashkilotlar tarkibidan chiqdi

Prezident Tramp AQSH ni BMT Inson huquqlari kengashi va BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi tarkibidan chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda 4 fevral, seshanba kuni Oq uy matbuot xizmati, shuningdek, AFP va dpa agentliklari xabar berdi.

AFP taʼkidlaganidek, Trampning farmoni AQSHning BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO)dagi ishtirokini qayta ko‘rib chiqishni ham nazarda tutadi. Agentlik Oq uy Uill Sharfning BMT institutlarida «Amerikaga qarshi tarafkashlik» haqidagi gapidan iqtibos keltiradi.

«Umuman olganda, farmon mamlakatlar o‘rtasidagi katta tafovutlar va moliyalashtirish darajasidan kelib chiqib, AQSH tomonidan BMTga ajratilayotgan mablag‘larni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi», — deya qo‘shimcha qildi Sharf.

«Men doimo Birlashgan Millatlar Tashkilotining katta salohiyatga ega ekanligini his qilganman. Ammo hozir u bu salohiyatga mos kelmayapti, – dedi Donald Tramp hujjatni imzolarAQSH BMT Inson huquqlari kengashi va UNRWA tarkibidan chiqdi.

Qo‘shma shtatlar UNRWA uchun yirik donor edi. Xususan, Isroil 2023 yil 7 oktyabrda Hamasning Isroilga hujumiga aloqadorlikda ayblaganidan so‘ng, Jo Bayden davrida AQSHning UNRWA‘ni moliyalashtirishi 2024 yil yanvarida to‘xtatilgan edi. Shu bilan birga, AQSHdan keyin yana o‘ndan ortiq rivojlangan davlatlar, xususan, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Avstraliya UNRWA‘ni moliyalashtirishni to‘xtatdi. Kanada, Shvetsiya va Italiya to‘lovlarni bekor qildi, ammo keyinroq to‘lovlarni qayta tikladi.

AQSH har yili UNRWA uchun 300-400 million dollar ajratgan. Ma’lumot uchun; Tramp 2017-2021 yillardagi birinchi muddati davomida ham UNRWA‘ni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘ygan edi.