AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan birgalikda G‘azo sektorining kelajagi haqida bayonot berdi.
Trampning taʼkidlashicha, AQSH G‘azo sektorini o‘z nazoratiga olishi va anklavni “tozalashi” mumkin. U, shuningdek, Falastin aholisini Iordaniya va Misrga ko‘chirish taklifini bildirdi.
Vashingtonning rejalari:
G‘azo sektorini nazoratga olish va Amerika qo‘shinlarini yuborish ehtimoli;
Falastinliklarni boshqa davlatlarga ko‘chirish taklifi;
G‘azoni “Yaqin Sharq Riviyerasi”ga aylantirish rejasi;
Isroil va Saudiya Arabistoniga tashrif rejasi;
Yaqin haftalarda G‘arbiy Sohil masalasi bo‘yicha Vashington rasmiy pozitsiyasini eʼlon qiladi.
Shuningdek, AQSH Senati va Vakillar palatasiga rasmiy hujjatlarda “G‘arbiy Sohil” atamasini “Iudeya va Samariya” bilan almashtirish haqida qonun loyihasi taqdim etilgani haqida xabar berildi.
Trampning ushbu bayonoti xalqaro jamoatchilikda turli bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!