AQSH ittifoqchilari Qo‘shma shtatlar prezidentining Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog 14-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Donald Trampning Ukrainadagi urushni tugatish rejasini taqdim etilishi kutilmoqda, deb xabar berdi Bloomberg.
Agentlik suhbatdoshlari reja qanchalik batafsil taqdim etilishi va uning taqdimoti qanday formatda o‘tkazilishiga aniqlik kiritmagan. Biroq, Kellog va boshqa rasmiylarning so‘nggi haftalardagi izohlari va ommaviy bayonotlari rejaning «kuch orqali tinchlik» tamoyiliga, yaʼni urishayotgan tomonlarni sulhga majburlash tamoyiliga asoslanishini aytishmoqda.
Bloomberg qayd etishicha, Trampning rejasi mojaroning potensial muzlatilishini va Rossiya qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilingan hududlarni Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bilan «mavhum holatda» ushlab turishni nazarda tutadi. Bu kafolatlar aynan qanday bo‘lishi ochiqlanmagan.
Kellogning o‘zi avvalroq X ijtimoiy tarmog‘ida Myunxen konferensiyasida ishtirok etishi va Trampning Ukrainadagi «qonli va qimmat» urushni tugatish maqsadi haqida gapirish imkoniyatini «intiqlik bilan» kutayotgani haqida yozgan edi. «Amerikaning biz bilan ishlashga tayyor ittifoqchilari bilan uchrashaman», deb yozgan maxsus vakil.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!