Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda tibbiyot, aviatsiya va energetikada xususiy sektor ishtirokidagi loyihalar 20 milliard dollardan oshgani qayd etildi.
Lekin, ichimlik suvi, kanalizatsiya va yo‘l qurilishida bunday loyihalar deyarli yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Sharoit yaratib berilsa, 1 milliard dollar sarmoya kiritib, 10 mingta ish o‘rni qilaman, degan mahalliy tadbirkorlar juda ko‘p.
Uch yil oldin 5 ming kvadrat metrdan ortiq savdo va servis obyektlari qurish bo‘yicha imtiyoz berilgan. O‘tgan davrda 209 ta bunday obyektlar qurildi. Lekin, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida bu boradagi ishlar qoniqarsiz.
So‘nggi to‘rt yilda chorvachilikni rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlaridan 700 million dollar olib kelindi, bu yil yana 350 million dollar jalb qilinadi. Buning hisobiga kamida 20 mingdan ziyod veterinarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Birgina Buxoroda 250 nafar veterinarga talab bor.
Yil yakunigacha xususiy veterinariya va para-veterinariya xizmati hajmini 5 baravarga oshirish topshirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!