Jinoyat

Prokuratura xodimi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi bilan qo‘lga tushdi

Prokuratura xodimi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi bilan qo‘lga tushdi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, avtomashina salonida 50 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga mazkur dori vositalarini sotgan Camarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi, 1997 y.t. fuqaro Toshkent shahrida qo‘lga olindi va undan ham

300 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Taʼkidlash lozimki, ushbu kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.