Iqtisod

Anorbank Toshkent markazidagi ikki binoni 439,6 млрд so‘mga sotib oldi

Anorbank Toshkent markazidagi ikki binoni 439,6 млрд so‘mga sotib oldi

Anorbank Toshkent shahri markazida joylashgan Istiqlol ko‘chasi, 21-uydagi binolarni 254,6 млрд so‘mga xarid qildi. Shuningdek, Shahrisabz ko‘chasi, 85a manzilida joylashgan yana bir binoga 185 млрд so‘m to‘lagan. Bitimlar 2025 йил 27 yanvarda rasmiylashtirilgan.

Iqtisodchi Otabek Bakirov bu binolar avval Energetika vazirligi ва “O‘ztransgaz” balansida bo‘lganini taʼkidlamoqda. Shuningdek, u sotuv jarayonida auksion yoki rasmiy tanlov o‘tkazilgani haqida ochiq maʼlumot yo‘qligini ham qayd etdi.

Bank manbalariga ko‘ra, Anorbank mazkur binolar o‘rnida yangi biznes markaz qurishni rejalashtirmoqda. Bankning moliyaviy barqarorligiga bu bitim qanday taʼsir qilishini Markaziy bank hali sharhlamagan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 йил aprelda hukumat maʼmuriy binolarni Yangi Toshkentga ko‘chirish ва ularni sotish orqali yangi qurilishlarga mablag‘ yo‘naltirish rejasini eʼlon qilgan edi.