Jamiyat

Poytaxt Toshkentda 7 kilometrlik gastronomik ko‘cha quriladi

Poytaxt Toshkentda 7 kilometrlik gastronomik ko‘cha quriladi

Toshkentning Olmazor tumanida yetti kilometrlik gastrol koʻchasi tashkil etiladi. Poytaxtning yana 26 ta koʻchasini savdo, koʻngilochar va xizmat koʻrsatishni oʻzida mujassam etgan tunu kun ishlaydigan hududlarga aylantirish rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident kecha xizmatlar sohasini rivojlantirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida ma’lum qildi.

Unga koʻra, Olmazor tumandagi 17 ta koʻchadan oʻtgan 7,3 kilometr yoʻlda 250 ta savdo va xizmat koʻrsatish obyekti qurilib, 1 ming 500 ta ish oʻrni yaratiladi. Bunday oʻzgarishlar natijasida tumanda tadbirkorlar koʻpayib, kunlik sayyohlar oqimi ortadi.

Prezident Oʻzbekiston mehmonlari tomonidan xizmat koʻrsatish obyektlarining kecha-yu kunduz ishlashi boʻyicha bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, sayyohlik va xizmat koʻrsatish obyektlarining kechki payt ishlashini taʼminlash zarurligini taʼkidladi. Shuningdek, u poytaxtning yana 26 ta koʻchasini xizmat koʻrsatish obyektlari tunu kun ishlaydigan gavjum hududlarga aylantirish va 24/7 rejimida ishlaydigan savdo nuqtalarini koʻpaytirish mumkinligini aytdi.