Jahon

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Toresk shahrini egalladi

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Toresk shahrini egalladi

Rossiya qo‘shinlari Donesk oblasti Baxmut rayonidagi Toresk shahrini egallab oldi, deb xabar qilmoqda RF Mudofaa vazirligi. Ukrainaning DeepState loyihasiga ko‘ra, shahar markazi qo‘lga kiritilgan, biroq uning chekkasida janglar ketmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi kecha, 7 fevral kuni Rossiya qo‘shinlari Donesk oblastidagi hujum chog‘ida Ukrainaning Baxmut rayonida Toresk shahrini egallab olganini maʼlum qildi.

Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, shahar учун besh oylik janglar davomida Ukraina Qurolli kuchlari 26 mingdan ortiq askar ва 600 ga yaqin harbiy texnikani yo‘qotgan. Шу bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligi «Toresk aglomeratsiyasi» tarkibiga kiradigan aholi punktlari учун janglar hali ham davom etayotganini bildirgan.

Ammo, Ukraina Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, Toresk учун janglar davom etmoqda. “Xortitsa” tezkor-strategik kuchlar guruhi vakili Nazar Voloshinning “RBK-Ukraїna” agentligiga maʼlum qilishicha, hozirda shaharda janglar «shaharsozlik obyektlarida» ketmoqda. Бу bilan u shaharning bosib olingani haqidagi maʼlumotni rad etdi. «Dushman bizni mag‘lub etish учун барча kuch ва vositalarini ishga solmoqda», dedi u.

Ukrainaning DeepState harbiy loyihasiga ko‘ra, hozirda Zabalka mikrorayonida, шунингдек, Toreskning shimoliy ва g‘arbiy chekkalarida janglar olib borilmoqda. «Shahar markazi deyarli butunlay dushman nazorati ostida», — deya taʼkidladi loyiha mualliflari. DeepState, шунингдек, o‘z rasmiy manbalariga ishonch yo‘qligi сабабли ukrainaliklar «dushman maʼlumotini qabul qilishga» majbur bo‘lganini qayd etadi. «Kuraxovo ва Velika Novosyolka yo‘qolganligi haqida jamoatchilik hanuzgacha xabardor qilinmagan. Бу rasmiy xabarlarni tuzayotganlar учун ko‘plab savollar tug‘diradi», deyiladi xabarda.