Amerikaning Arizona shtatidagi aeroportda ikki biznes-jet samolyoti to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, deb “Arizona’s family” xabar berdi.
AQSH aviatsiya boshqarmasiga ta’kidlashicha, voqea 10 fevral kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 15:00 da Arizonaning Skottsdeyl aeroportida yuz bergan. Sakkiz yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan Learjet 35A samolyoti qo‘ngandan so‘ng uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, Gulfstream 200 (18 o‘rinli) biznes-jeti bilan to‘qnashgan. Learjet 35A samolyoti Texas shtatining Ostin shahridan uchib kelgan.
Nashrga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan. Uch kishi shifoxonaga yotqizilgan. Yana besh kishi samolyotlardan birining ichida qolib ketgan. Qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda. Rasmiylar qutqaruv ishlari tugaguncha aeroportni yopgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!