Jahon

Shokolad ichiga yashirilgan bomba aniqlandi

Shokolad ichiga yashirilgan bomba aniqlandi

Rossiyada maxsus operatsiya hududiga jo‘natilgan shokolad ichiga portlovchi modda yashirilgani aniqlandi. Bu haqda RIA Novostiga Duma nazorat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Gusev maʼlum qildi.

Bundan buyon askarlarga nima yuborilayotganini tekshirish qanchalik muhimligini ko‘rsatdi. Dushman hatto oziq-ovqatlarni minalashtirishga harakat qilmoqda, dedi deputat.

7-fevral kuni (video) harbiylar uchun (nomaʼlum ko‘ngilli tomonidan) jo‘natilgan FPV dronlarni boshqarish ko‘zoynaklari ichiga ham 10-15 gramm plastik portlovchi moddalar solingani aniqlangan edi. Lekin ular vaqtida aniqlanib ommaviy teraktning oldi olindi.