Jamiyat

Shahnoza Mirziyoyeva magistr unvonini oldi

Shahnoza Mirziyoyeva magistr unvonini oldi

Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent filialida magistraturaning birinchi bitiruvchilariga diplomlar topshirildi. Ular orasida Shahnoza Mirziyoyeva ham bor.

«Bugun hayotimdagi muhim bosqichlardan biri yakunlandi! Magistr unvoniga ega bo‘ldim. Bu yo‘lda meni qo‘llab-quvvatlagan oilamga, ustozlarimga, hamkasblarim va do‘stlarimga chuqur minnatdorchilik bildiraman», – deydi Mirziyoyeva hissiyotlari bilan o‘rtoqlashib.

Bitiruvchilar «Psixologik-pedagogik ta’lim» yo‘nalishida tahsil olishdi:

25 nafar talaba «Ta’limda shaxs rivojlanishiga psixologik yordam»

15 nafar talaba «Oila va bolani ijtimoiy-pedagogik qo‘llab-tr»

Mirziyoyeva ta’limning ahamiyatiga urg‘u berdi.
«Ta’lim va inson kapitali prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlarining diqqat markazida. Universitet filiali yurtimiz ta’limini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi», – dedi u.

Birinchi magistrlar bitiruvi O‘zbekiston ta’lim tizimini malakali mutaxassislar bilan boyitdi.