Madaniyat

Qozon – 2026-yil Islom olamining madaniy poytaxti

Qozon – 2026-yil Islom olamining madaniy poytaxti

Qozon shahri 2026-yilda Islom olamining madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi. Bu qaror Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tkazilgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) mamlakatlari madaniyat vazirlari yig‘ilishida qabul qilindi. Bu haqda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov maʼlum qildi.

Qozon ushbu unvonga sazovor bo‘lgan birinchi Rossiya shahri bo‘ladi. Bu yerda Islom madaniyati va merosini rivojlantirishga bag‘ishlangan turli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tarixiy jihatdan, Rossiyadagi eng qadimiy Islom markazi Derbent hisoblansa-da, aynan Tataristonda Islom davlat dini sifatida qabul qilingan.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2003 yilda Rossiyani «Islom olamining bir qismi» deb taʼriflagan. Keyinchalik, Qurʼon himoyasi va Islom qabul qilinganining 1100 yilligini nishonlash kabi tashabbuslar ham bu yo‘nalishdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.