Jamiyat

O‘zbekistonda hokimlar endi tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan har oy uchrashadi

O‘zbekistonda hokimlar endi tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan har oy uchrashadi

Hokimlar yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini taʼminlash bo‘yicha har oy ular bilan uchrashish tizimini joriy qiladi. Bu haqda kecha, 14-fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yilda 150 mingga yaqin yoshlar vazirlik va hududdagi rahbarlarga nomma-nom biriktirilmoqda. Bu rahbarlar yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, kasbga va xorijiy tillarga o‘rgatish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilishi uchun yordam ko‘rsatishga masʼul bo‘ladi.