Jamiyat, Jinoyat

Samarqandda 2 tonna yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi

Samarqandda 2 tonna yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi

Samarqandga olib kelinayotgan 2 tonna go‘sht yo‘q qilindi, deyiladi viloyat IIB YHXB xabar qildi.

2025-yil 14-fevraldan 15-fevralga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi “Yuqori nuqta” YPX maskanida Namanagan-Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotgan Shineray T30 rusumli avtomashina to‘xtatgan.

Tekshiruv natijasida 1997-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi avtomobil yukxonasida 2 tonna mol go‘shti borligi aniqlandi. Go‘sht mahsulotlari Samarqand viloyati hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida tekshirilganda, iste‘molga yaroqsiz ekani tasdiqlandi.

Aniqlangan mahsulotlar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.