O‘zbekistonda Xorijiy davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ortmoqda, deb Statistika agentligi xabar berdi.
Agentlik maʼlumotiga ko‘ra, joriy yilning fevral oyi xolatiga mamlakatda faoliyat yuritayotgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 15 163 tani tashkil etgan.
Eng yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar quyidagilar:
– Xitoy – 3 467 ta
– Rossiya – 2 973 ta
– Turkiya – 1 869 ta
– Qozog‘iston – 1 060 ta
– Janubiy Koreya – 660 ta
– AQSH – 303 ta
Bu ko‘rsatgich 2024-yilning 1-fevral sanasida 14 199 tani tashkil etgan. Demak, O‘zbekistonda xorijiy kapitalga ega kompaniya va tashkilotlar soni 1 yilda qariyb 1000 taga ko‘paygan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!