Jinoyat

Yigʻilishda korrupsiyada ayblangan 7 nafar xodim qamoqqa olindi

Yigʻilishda korrupsiyada ayblangan 7 nafar xodim qamoqqa olindi

Joriy yil 14-fevral kuni Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Aminov rahbarligida Samarqand viloyatida energetika sohasida sodir etilayotgan korrupsion holatlar hamda tizimni “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish boʻyicha tanqidiy yigʻilish oʻtkazildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.


“Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyatlari Samarqand viloyati hamda tumanlar va shaharlar filiallari xodimlari, shuningdek, boshqa masʼullar ishtirok etgan yig‘ilish davomida taʼminot korxonalarining korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblangan 7 nafar xodimiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.