Jahon, Jamiyat

O‘zbekistonlik migrantlar Kosta Rikaga deportatsiya qilinadi

O‘zbekistonlik migrantlar Kosta Rikaga deportatsiya qilinadi

AQSH mamlakatdagi 200 dan ortiq hindistonlik va markaziy osiyolik noqonuniy migrantlarni Kosta Rikaga yuboradi. Bu haqda Kosta Rika prezidenti ma‘muriyatiga tayanib, The New York Times xabar berdi.

Odamlarning birinchi guruhi shu chorshanba kuni (19-fevral) mamlakatga yuboriladi. Kosta Rika ularga o‘z mamlakatlariga yetib olishda ko‘prik vazifasini o‘taydi. Hukumat 200 nafar noqonuniy muhojirni o‘z mamlakatiga qaytarishda Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ldi, deyiladi bayonotda.

Kosta Rika hukumatining aniqlik kiritishicha, Markaziy Osiyo va Hindistondan kelgan noqonuniy shaxslar tijorat reyslari orqali olib kelinadi, shundan so‘ng ular Korredores kantonidagi migrantlarga xizmat ko‘rsatish markaziga joylashtiriladi.

Jarayon to‘liq AQSH hukumati tomonidan Xalqaro migratsiya tashkiloti nazorati ostida moliyalashtiriladi, bu agentlik muhojirlarning mamlakatda bo‘lishi davomida ularga g‘amxo‘rlik qiladi, deyiladi xabarda.