Qozog‘iston Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan blogerlarning daromadlari tekshiruvi davomida eʼlon qilingan va haqiqatda olingan mablag‘lar o‘rtasidagi tafovutlar aniqlandi. Farq miqdori 53,3 milliard tengeni tashkil etdi, bu taxminan 107 million dollarga teng. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tafovutlarni aniqlash uchun turli manbalardan olingan maʼlumotlar soliq deklaratsiyalarida ko‘rsatilgani bilan taqqoslandi. Natijada 594 nafar shaxsda nomuvofiqliklar borligi ma‘lum bo‘lgan. Fevral oyining o‘rtalarida blogerlarga tegishli bildirishnomalar yuborilgan. Ushbu shaxslar 30 kun ichida qo‘shimcha soliq hisobotlarini taqdim etishlari, hisoblangan soliqlarni mustaqil ravishda to‘lashlari yoki rozi bo‘lmagan taqdirda tushuntirish berishlari kerak bo‘ladi.
Blogerlarga daromadlaridan soliq to‘lash majburiyatini yuklaydigan “Onlayn platformalar va onlayn reklama to‘g‘risida”gi qonun 2023-yil iyul oyida prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan imzolangan va ikki oydan so‘ng kuchga kirdi. Ushbu qonun “inflyuyenser” tushunchasini kiritdi – bu internetdagi auditoriya uchun fikri muhim bo‘lgan shaxs. Bunday shaxslar endi yolg‘on maʼlumot tarqatganlik uchun javobgarlikka tortiladi. feyklarga qarshi kurashish uchun davlat bilan hamkorlik qilishi, onlayn reklamaga belgi qo‘yishi va tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
Davlat daromadlari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida turli manbalardan olingan maʼlumotlar va soliq deklaratsiyalarida keltirilgan maʼlumotlar o‘rtasida nomuvofiqliklar aniqlandi.
Blogerlarga jismoniy shaxs sifatida tegishli bo‘lgan bank hisob raqamlaridan olingan maʼlumotlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Misol uchun, bir blogerning 2022-yilda YTT aylanmasi 60 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, kartalar orqali 300 million dollar o‘tgan. Endi buni qarzdorlik sifatida ko‘rsatishmoqda. Soliq idorasi ko‘chirmalarni batafsil tahlil qilmadi. “Kirim” ustunida bo‘lgan hamma narsa yashirin daromad deb hisoblangan, – dedi Tengrinews bilan suhbatda soliqlar va soliq xavfsizligi bo‘yicha ekspert Dmitriy Kazansev.
Ushbu mavzuni birinchilardan bo‘lib ko‘targan Alisher Yelikbayev ko‘plab hamkasblari vaziyatga izoh bermaslikni afzal ko‘rib, kutish pozitsiyasini egallaganini taʼkidladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa norozilik kuchaymoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!