Jamiyat

Haj–2025” ziyorati uchun O‘zbekistonga 15 mingta kvota ajratildi

Haj–2025” ziyorati uchun O‘zbekistonga 15 mingta kvota ajratildi

“Haj–2025” ziyorati uchun O‘zbekistonga Saudiya Arabistoni tomonidan 15 mingta kvota ajratildi. Bu haqda kecha, 18-fevral kuni Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Haj va Umra ziyorati vazirligi hamda Axborotlashtirish vazirligi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

“Joriy yilda O‘zbekistonga Haj ziyorati uchun ajratilgan kvota miqdori 15 mingtani tashkil qiladi. Ammo Umra uchun kvotalar erkin bo‘lib, ma’lum shartlar asosida istalgan miqdordagi ziyoratchi O‘zbekistondan borishi mumkin”, degan Saudiya Arabistoni podshohligi haj va umra vaziri doktor Tavfiq bin Favzon Ar-Rabi’a.

Bir necha yil oldin ham ayni shu vazirlik rahbari O‘zbekiston prezidenti bilan uchrashuvda mamlakatga ajratilgan kvota miqdori 24 ming ekanini aytgandi.

“Biz ushbu miqdorni belgilashdan oldin O‘zbekiston tomonining mutasaddi tashkilotlari bilan bu borada gaplashamiz. So‘nggi kelishuvga binoan esa aynan shuncha kvota belgilangan”, degan Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri.