David Kotaria Gruziyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Elchi kecha, 19-fevral kuni tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorligʻi nusxalarini topshirdi, deb TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tahqi ishlar vaziri B. Saidov David Kotaria bilan uchrashuvda uni yangi lavozimi bilan tabrikladi va mamlakatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish yoʻllarini muhokama qildi.
“Tashqi ishlar vazirligi janob elchini Oʻzbekistonda samarali diplomatik missiyasini amalga oshirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor”, – deb yozdi u Telegramʻdagi kanalida.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!