Bugun, 20 fevral kuni Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatining Kstovskiy tumanida samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, voqea Novolikeyevo qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. RV-7 yengil samolyoti qattiq qo‘ngan va yonib ketgan. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. Yong‘in joyiga olti nafar o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi hamda ikki texnika yetib kelgan.
“Voqea sabablarini tergov organlari aniqlaydi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Rossiya Tergov qo‘mitasining Transport bo‘yicha Markaziy mintaqalararo tergov boshqarmasi bortda uchuvchi va yo‘lovchi bo‘lganini ma‘lum qilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!