Jamiyat

O‘qituvchilarga Vazir jamg‘armasidan ustama berish tartibi o‘zgarishi mumkin

O‘qituvchilarga Vazir jamg‘armasidan ustama berish tartibi o‘zgarishi mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Vazir jamg‘armasidan ustama berish tartibini o‘zgartirish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini tayyorlamoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, endilikda barcha pedagoglar ushbu ustamani olishga da’vogarlik qilishi mumkin. Shuningdek, 2026-yil uchun ustama oluvchi nomzodlar joriy yilgi malaka sinovlari natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Bundan tashqari, avvalgidek test sinovlari o‘tkazilmaydi. Endi malaka sinovlarining birinchi bosqichida umumiy ballning kamida 80 foizini qo‘lga kiritgan fan o‘qituvchilari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari orasidan eng yuqori natijani ko‘rsatgan uchta nomzod keyingi bosqichga o‘tadi.

Mazkur o‘zgarishlar bo‘yicha hukumat qarori tasdiqlangandan so‘ng qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Attestatsiyada ishtirok etish uchun hujjatlar 2025-yil 1-martga qadar qabul qilinadi.

Arizalarni quyidagi platformalar orqali topshirish mumkin:

pedkadr.uzedu.uz

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Davlat xizmatlari markazlari