Iqtisod, Jamiyat, Siyosat

Subsidiya olishga arizalar qabuli 3-martdan boshlanadi

Subsidiya olishga arizalar qabuli 3-martdan boshlanadi

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari Prezidentning 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yana-da rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Mazkur farmon bilan joriy yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlangan. Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 baravarga oshirildi hamda dastur doirasida 30 000 nafar talabgorlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish belgilanmoqda.

Bunda, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar to‘lashning tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida arizalar qabul qilish 2025-yilning 3-mart kuni soat 09:00 da boshlanadi, deyiladi xabarda.