Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 16-sanksiyalar paketini qabul qildi. Ushbu choralar Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasini zaiflashtirishga qaratilgan.
Asosiy cheklovlar:
Rossiyaning 13 ta banki SWIFT tizimidan uzildi.
Rossiya nazoratidagi 8 ta OAV Yevropada efirga chiqishdan taqiqlandi.
53 ta tuzilma, jumladan, O‘zbekistondan ham, Rossiyaning harbiy-sanoat majmuasini qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblandi.
Dengiz va moliyaviy sanksiyalar:
Rossiyaning soyadagi floti tarkibidagi 74 ta tanker cheklovga olindi.
Rossiyaning SPFS tizimi orqali chet eldagi banklar bilan tranzaksiya qilishiga taqiq joriy qilindi.
OAV va transport cheklovlari:
Rossiyaning 8 ta propaganda kanali Yevropada efirga uzatilmaydi.
Rossiya aviatsiya kompaniyalari uchun YeI havo hududi yopildi.
Rossiya kapitali 25% va undan ortiq bo‘lgan yo‘l-transport kompaniyalariga YeI hududida ishlash taqiqlandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!