Istiqbolli loyihalar milliy agentligi elektron tijorat boshqarmasi boshlig‘i Kamronbek Muhammadiyev Xitoyning Temu marketpleysi O‘zbekiston hududida bloklanishi mumkinligini bildirdi.
Boshqarma boshlig‘iga ko‘ra, 2025-yilning 1-iyulidan O‘zbekistonda xalqaro platformalar uchun yangi qoidalar, jumladan, xabardor qilish tartibi va elektron tijorat subyektlarining maxsus reyestri joriy etiladi. Asosiy talab — mamlakatda faoliyatni qonuniylashtirish va rezident yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘lib, u 2024-yilning 28-dekabridan kuchga kirgan.
Shuningdek, agentlik ularning qonuniy biznes huquqlari va manfaatlarini himoya qilishni ta‘minlashga, O‘zbekiston bozoriga rasman kirishda yordam ko‘rsatishga tayyor ekani ta‘kidlandi. Lekin Temu‘dan bunga qiziqish bildirilmagan. Shu bois agar shartlar bajarilmasa, ularning faoliyati to‘xtatilishi, hatto blokirovka qilinishigacha borishi aytilgan.
Ushbu mobil ilova o‘tgan yil oxiridan beri O‘zbekistondagi eng ommabop ilovalar qatoriga kiradi. Hozirda Xitoy marketpleysi App Store do‘konida ikkinchi o‘rinni egallasa, Google Play‘da yetakchilik qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!