Ilm-fan, Siyosat

Vazir jamgʻarmasidan ustama olishning yangi tartibi tasdiqlandi

Vazir jamgʻarmasidan ustama olishning yangi tartibi tasdiqlandi

Vazir jamgʻarmasidan ustama olishning yangi tartibi tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasining pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirishga oid qarori qabul qilindi. Yangi tartibga koʻra:

  • Vazir jamgʻarmasidan ustama olish uchun nomzodlar roʻyxati endilikda hududiy kengashlar tavsiyasiga asoslanmaydi. Barcha fan oʻqituvchilari, jumladan, MTT tarbiyachilari ham sinovlarda ishtirok etib ustama olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
  • Malaka toifa test sinovlarida ikkala bosqichdan oʻtib, oliy yoki birinchi malaka toifasiga erishgan hamda 86 va undan yuqori ball to‘plagan pedagoglarga tarif stavkasining 70 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.
  • Umumtaʼlim fanini bilish darajasi boʻyicha sertifikatga ega boʻlgan pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichidagi malaka sinovidan ozod etiladi.

Bu o‘zgarishlar ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning mehnatini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.